Aniq fanlar
Matematika, fizika, informatika va boshqa aniq fanlarni chuqur o‘rganish orqali o‘quvchilarning mantiqiy, analitik va algoritmik fikrlash qobiliyatlari rivojlantiriladi.
Iqtidorli o'quvchilarni aniqlash, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va zamonaviy bilim berishga yo'naltirilgan ta'lim.
Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi — iqtidorli va bilimga chanqoq o‘quvchilarni aniqlash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim maskanidir.
Maktab O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yuritadi.
Matematika, fizika, informatika va boshqa aniq fanlarni chuqur o‘rganish orqali o‘quvchilarning mantiqiy, analitik va algoritmik fikrlash qobiliyatlari rivojlantiriladi.
Biologiya, kimyo, tabiiy fanlar va ular bilan bog‘liq yo‘nalishlarda nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘quvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, dasturlash, algoritmlash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda IT sohasidagi amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
Robototexnika, elektronika, konstruktorlik va muhandislik loyihalari orqali o‘quvchilarning texnik tafakkuri, ijodkorligi va muammolarni amaliy hal qilish ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
Science, Technology, Engineering and Mathematics yo‘nalishlarini integratsiyalash asosida o‘quvchilar nazariy bilimlarini amaliy loyihalar va tajribalar orqali mustahkamlaydi.
Agentlik tizimida STEM yo‘nalishida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari hamda Science fanlari bo‘yicha olimpiadalar o‘tkaziladi.
Iqtidorli o‘quvchilar fan olimpiadalari, ilmiy tanlovlar va turli intellektual musobaqalarda o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega.
Agentlik tizimida STEM fanlari bo‘yicha olimpiadalar yozma ish, test va laboratoriya ishi kabi bosqichlarda tashkil etiladi.
O‘quvchilar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot, texnologik va muhandislik loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga tatbiq etishga intiladilar.
Loyiha asosida ta’lim, muammoli vaziyatlarni hal qilish va amaliy topshiriqlar orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodkorligi va tashabbuskorligi rivojlantiriladi.
O‘quvchilarning zamonaviy bilim va texnologiyalarni egallashi, raqamli vositalardan samarali foydalanishi hamda kelajak kasblariga tayyorgarlik ko‘rishi uchun ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlardan foydalaniladi.
Maktabda shakllantiriladigan chuqur fan bilimlari va amaliy ko‘nikmalar o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasalarida ta’limni davom ettirishiga mustahkam poydevor yaratadi.
Bugungi kunda maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilardagi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar soni 366 tani tashkil etadi. Shundan xalqaro sertifikatlar (IELTS/SAT) — 5 ta, milliy sertifikatlar — 361 ta.
Ixtisoslashtirilgan maktablarning asosiy vazifalaridan biri — iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularning salohiyatini rivojlantirishdir.
2026/2027-o‘quv yili uchun ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul aniq fanlar yo‘nalishida 5-sinfga, tabiiy fanlar yo‘nalishida 7-sinfga hamda mavjud bo‘sh o‘rinlarga amalga oshirilishi belgilangan.
O‘quvchilarni qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan bo‘lib, hujjatlar onlayn tarzda quyidagi platformalar orqali qabul qilinadi.
Qabul jarayoni raqamlashtirilgan — arizalar onlayn qabul qilinadi.
Bilimli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy texnologiyalarni egallagan va Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan yoshlarni tarbiyalash.
Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi — bilim, imkoniyat va yuqori natijalar sari!