Samarqand viloyati, Narpay tumani, Tinchlik MFY, Musa Jalil 32-uy +998 (55) 707-74-43 info@narpayim.uz
UZ EN

Maktab haqida

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Maktab tarixi

Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2022-yil 20-sentabrda ish boshlagan. Maktab O‘zbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimiga kiradi.

Maktabning umumiy maydoni 4.22 gektarni tashkil etadi. Hududda ikkita o‘quv binosi, sport zali, 180 o‘rinlik yotoqxona, faollar zali va oshxona, kutubxona hamda issiqxona joylashgan.

Pedagoglar tarkibi

Maktabda 35 nafar xodim faoliyat yuritadi. Ulardan 22 nafari oliy toifali, 12 nafari birinchi toifali, 1 nafari ikkinchi toifali o‘qituvchidir.

Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi xalqaro sertifikatga ega pedagoglar — 20 nafar, milliy va xalqaro sertifikatga ega pedagoglar — 6 nafar.

Hisobot yili davomida ikki nafar pedagogning metodik va mualliflik ishlari respublika miqyosida ommalashtirildi: fizika fani o‘qituvchisi Qayumov Tuychiboy Olim o‘g‘li hamda rus tili fani o‘qituvchisi Xudayberdiyeva Dildora Jamoletdinovna.

Pedagoglar

Raqamlarda

22 nafar
Oliy toifali o‘qituvchilar
12 nafar
Birinchi toifali o‘qituvchilar
1 nafar
Ikkinchi toifali o‘qituvchilar
20 nafar
Xalqaro sertifikatga ega pedagoglar
6 nafar
Milliy va xalqaro sertifikatga ega pedagoglar
Umumta’lim fanlarini bilish darajasi bo‘yicha
2 nafar
Ish tajribasi ommalashtirilgan pedagoglar
Metodik va mualliflik ishlari bo‘yicha
Infratuzilma

Maktab hududi va binolari

2 ta O‘quv binosi
1 ta Sport zali
180 o‘rinlik Yotoqxona
4.22 gektar Umumiy maydon
2 ta Kompyuter xonasi
1 ta Robototexnika sinfxonasi
3 ta Kimyo–biologiya–fizika laboratoriyasi
10 ta Sinfxona (24 o‘rinlik)
13 ta Sinfxona (12 o‘rinlik)
180 o‘rinlik Faollar zali
180 o‘rinlik Oshxona
1 ta Kutubxona
1 ta Issiqxona
186 + 45 tup Archa va sasna daraxtlari
40 kVt Quyosh panellari
Jamoa

Rahbariyat