Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Maktab 2022-yil 20-sentabrda ish boshlagan. Bugungi kunda bu yerda 360 nafar o‘quvchi tahsil oladi, 35 nafar xodim faoliyat yuritadi. Zamonaviy laboratoriyalar, robototexnika sinfi, kutubxona va 180 o‘rinlik yotoqxona o‘quvchilar ixtiyorida.
Bir qarashda
- O‘quvchilar 360 nafar
- Xodimlar 35 nafar
-
Bitiruvchilar
2025–2026 o‘quv yili 28 nafar -
O‘rtacha kirish bali
2025–2026 o‘quv yili 155 ball
Maktab imkoniyatlari
Zamonaviy laboratoriyalar, robototexnika sinfi, kutubxona va yotoqxona — barchasi bir hududda.
Yutuqlarimiz
O'quvchilarimiz nufuzli tanlovlarda faxrli o'rinlarni qo'lga kiritdi.
Xalqaro ingliz tili olimpiadasi
Asosiy fan olimpiadasi
STEM olimpiadasi
Robo-coding olimpiadasi
Moliyaviy savodxonlik olimpiadasi
Bitiruvchilarimiz
Bitiruvchilarimizning oliy ta'lim muassasalariga kirish ko'rsatkichlari.
Xalqaro natija
Maktabimiz 11-sinf o‘quvchisi Nurullayeva Gulsevar Baxtiyor qizi 2025–2026-o‘quv yilida Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Temple University oliy ta’lim muassasasining Fox School of Business and Management tarkibidagi Business Management (BBA Rome) ta’lim yo‘nalishiga 2026-yil kuzgi (Fall 2026) semestri uchun o‘qishga qabul qilindi.
Temple University xalqaro e’tirof etilgan oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, Times Higher Education (THE) xalqaro reytingida dunyoning TOP–400 talik universitetlari qatoridan o‘rin olgan.
“Yosh Fermer” loyihasi — issiqxona
Maktab o‘quvchilari ilmiy-amaliy loyihalar (startaplar) va ixtirochilik sohasida “Yosh Fermer” loyihasi asosida issiqxona qurilishiga erishdilar. Loyiha Zamin jamg‘armasi tashkil etgan “Eco school” dasturida ishtirok etayotgan maktablar va o‘quvchilar tashabbusi bilan amalga oshirildi.
O‘quvchilar tomonidan 1 sotix maydonda uzunligi 16.8 metr, kengligi 6.0 metr bo‘lgan issiqxona barpo etildi. Issiqxonaning umumiy maydoni 100.9 kv. metrni tashkil etadi.
Loyiha haqidaIssiqxona
- Uzunligi 16.8 m
- Kengligi 6.0 m
- Umumiy maydoni 100.9 m²
- Yer maydoni 1 sotix
Maktab rahbariyati
Maktab hayoti
Yangiliklar tez orada shu yerda chiqadi.
Biz bilan bog'laning
-
- Manzil
- Samarqand viloyati, Narpay tumani, Tinchlik MFY, Musa Jalil 32-uy
-
- Telefon
- +998 (55) 707-74-43
-
- Elektron pochta
- info@narpayim.uz
Uchburchak
O'qituvchilar davomatni belgilaydi, ota-onalar farzandining darslarda qatnashuvi, qoldirilgan darslarni qoplash topshiriqlari va o'qituvchi fikrlaridan Telegram orqali xabardor bo'ladi.
Tizimga kirish